Variant
Ipak Yuli Bankning muddatli to'lov platformasi. Hamkor do'konlar, skoring, shartnoma, mikroqarz, keshbek va mobil ilova — barchasi bitta ekotizimda.
Tizim xaritasi ↑
img/photo.jpg
GET /aizek.uz · Toshkent · UTC+5
PHP/Go backend dasturchi. Bank, to'lov va telekom tizimlari uchun yuqori yuklamali backend quraman: so'rov kirgan lahzadan to javob qaytguncha bo'lgan har bir bosqich uchun javob beraman.
Bu sahifa — bitta so'rov. Pastga aylantiring, u tizim orqali o'tib boradi.
01 / gateway
2017-yildan beri backend yozaman. Birinchi ish joylarim to'lov tizimlari edi, hozirgisi bank. Oradagi yillarda telekom operatorining backend'i, API gateway, davlat buyurtmasidagi yopiq tizimlar va biznes uchun sayt konstruktori ustida ishladim. Umumiy jihat bitta: hammasida pul yoki millionlab foydalanuvchi bor, xato qimmatga tushadi.
Shu sohada bitta narsani yaxshi o'rgandim: tashqi tizim har doim ham javob bermaydi, tarmoq uziladi, bank kechasi reglament ishlarini o'tkazadi. Shuning uchun men yozgan kod birinchi navbatda xatoga chidamli bo'lishi kerak, keyin tez. Har bir integratsiya qayta urinish, idempotentlik va to'liq log bilan keladi.
Laravel va Go stekida ishlayman. Monolitni ham, Kafka orqali gaplashadigan servislarni ham, Kubernetes'dagi deploy'ni ham o'zim ko'taraman. Har bir yangi funksional uchun test yozaman, hujjatni API'ning bir qismi deb bilaman: integratsiya hujjatisiz API — tugallanmagan API.
02 / scoring
Har bir ish joyida bitta narsa takrorlandi: tizim allaqachon ishlab turgan, foydalanuvchilar bor, va uni to'xtatmasdan yaxshilash kerak.
BNPL platformasining asosiy backend'i va mobil backend'i. Keshbek dvigateli, MultiCompany, mikroqarz jarayoni, hamkorlar kabineti, to'lov va skoring integratsiyalari, Kafka orqali servislararo sinxronizatsiya, Sentry va testlar.
Autsorsing kompaniyasida to'rtta katta loyiha: telekom operatori backend'i, Go'da API gateway, davlat buyurtmasidagi yopiq tizimlar va biznes uchun sayt konstruktori. Tizim arxitekturasi, unumdorlik, Docker/Kubernetes, CI/CD, mentorlik va kod-revyu.
To'lov tizimini noldan ishga tushirgan jamoada: bank API'lari bilan integratsiya, mijozlar bazasi, admin panel, Markaziy bank talablari bo'yicha xavfsizlik choralari, to'lovlarni shaffof va kuzatiladigan qilish. Loyiha barqaror holatga kelgach, o'zimni yanada faol jamoalarda sinab ko'rishga qaror qildim.
Ishlab turgan to'lov tizimini parallel ravishda qo'llab-quvvatladim: yuqori tranzaksiya hajmi uchun backend optimizatsiyasi, DB so'rovlari va PHP skriptlarini tezlashtirish, qisqa muddatda kritik xatolarni bartaraf etish, admin panelni kengaytirish va tizim hujjatlarini yangilab borish.
03 / contract · Ipak Yuli Bank · 2025 → hozir
Variant — Ipak Yuli Bankning BNPL mahsuloti. Hamkor do'kon mijozga mahsulotni bo'lib to'lashga sotadi, skoring bir necha soniyada o'tadi, shartnoma SMS yoki MyID orqali imzolanadi, to'lovlar karta orqali avtomatik yechiladi. Men bu tizimning backend qismida ishlayman. Quyida tizim xaritasi: tugunni bosing, aynan nima qilganimni ko'rasiz.
04 / cashback
Ishga tushirilgan, haqiqiy foydalanuvchilari bor tizimlar.
Ipak Yuli Bankning muddatli to'lov platformasi. Hamkor do'konlar, skoring, shartnoma, mikroqarz, keshbek va mobil ilova — barchasi bitta ekotizimda.
Tizim xaritasi ↑O'yin bozori: mobil ilovalar, sayt va Telegram mini-ilova uchun API, operator paneli, fon ishchilari va rejalashtiruvchi. Backend'ni boshidan oxirigacha o'zim yozganman: Go'da, kod qatlam bo'yicha emas, xususiyat bo'yicha tashkil qilingan, SQL so'rovlari sqlc orqali tip-xavfsiz, testlar haqiqiy MySQL va Redis ustida.
Mobil operator ilovasining backend'i. Loyihaga qo'shilgan zahoti sekin so'rovlar va javoblar ustida katta ish qildim: DB so'rovlari va backend jarayonlari minimal darajaga tushirildi, pik vaqtlarda billingga tushadigan yuk mobil va backend tomondan kamaytirildi, millionlab foydalanuvchiga rassilka tezlashtirildi. Muammolarni oldindan topish uchun QA bilan doimiy hamkorlik.
KrakenD'ning asosiy funksionalini qamrab olgan API gateway, Go'da noldan. UI orqali yangi backend'larni ulash va ular uchun yo'llar qo'yish, so'rov/javoblarni formatga keltirish, avtomatik load balancing va boshqa muhim imkoniyatlar.
Tenderda yutilgan tizimlar ustida ish: asosiy qism PHP'da, tezkor ishlashi talab qilinadigan servislar Go'da. Tashqi internetdan uzilgan muhit, qat'iy xavfsizlik choralari.
Biznes egalari tayyor shablon asosida daqiqalar ichida landing page, boshqaruv paneli va domen xizmati bilan to'liq saytga ega bo'ladigan servis. 20 dan ortiq maishiy xizmat va biznes turlari uchun shablonlar, qulay kontent muharriri, boshqaruv paneli va sotuv bo'limi.
Samarqanddagi to'lov servisi, frilans asosida to'rt yildan ortiq. Asosan optimizatsiya: yuqori tranzaksiya hajmida backend va DB so'rovlarini tezlashtirish, kritik xatolarni qisqa muddatda tuzatish, admin panelni yaxshilash va yangi funksiyalar qo'shish.
To'lov tizimi. Noldan: bank API'lari bilan ulanish, mijozlar bazasi, admin panel, Markaziy bank talablari bo'yicha xavfsizlik, shaffof to'lovlar. Backend'dagi birinchi to'rt yilim.
05 / kafka
Loyihani tanlang: faqat o'sha yerda ishlatilgan texnologiyalar qoladi.
05 / kafka · kalit so'zlar
Har kuni ishlatadigan va ishonch bilan tavsiya qila oladigan texnologiyalar.
06 / response
Backend, fintex yoki shunchaki qiziq muammo bo'lsa, yozing. Odatda bir kun ichida javob beraman.
HTTP/1.1 200 OK
content-type: text/html; charset=utf-8
x-served-by: aizek.uz
x-total-time: 54.4 ms
x-built-with: qo'lda, shablonsiz